Toshkentdagi telefonlar: 254-39-27, 281-46-57, 187-88-67
 
UZ | RU | EN
   
  Muhrlarni tayyorlash    Muhrlar, tamg�alar, faksimile    Tamg�a san�ati 
"Stemp Trast" MChJ
Toshkent, O'zbekiston
(xizmatlar lisenziyalangan)
   
    ishlarimizni ko'ring  
mail
Kompaniya to�g�risida

KOMPANIYA TO'G'RISIDA

          "Stemp Trast" kompaniyasi 1997 yilda tuzilgan, Toshkent shahrida joylashgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasida dumaloq muhrlar va tamg'alarni tayyorlash yuzasidan yetakchi kompaniyadir. E'tiboringizga turli shakl va o'lchamlardagi sifatli muhrlar taqdim etiladi. Muhrlar polimer texnologiyasi va flesh texnologiyasi bo'yicha ishlab chiqariladi. Shuningdek sanalar va raqamlari bo'lgan tamg'alarni tayyorlaymiz.
           Agar kompaniyangizga yoki vakolatxonangizga sifatli tayyorlangan muhr kerak bo'lsa, biz uni qisqa muddatda, istalgan logotip bilan dunyoning istalgan tilida tayyorlab berishga tayyormiz.
           Buyurtmalarni o'z vaqtida bajarish va muhrlarni qalbakilashtirishdan yuqori himoya qilinishi kompaniyamizning nihoyatda katta afzalligidir. Alohida xususiyatimiz � har bir mijozga individual yondashish va har bir tamg'aning betakrorligidir.
Texnologiya va uskunalar

TEXNOLOGIYALAR VA USKUNALAR

          Kompaniyamizning muvaffaqiyati muhrlarni tayyorlash texnologiyasiga bog'liq. Biz muhrlarni yetakchi Yevropa ishlab chiqaruvchilarining materiallaridan (xom ashyosidan) AQSh, Yaponiya va Avstriyada tayyorlangan uskunalarda yasaymiz.
           Kompaniyamiz � butun texnologik jarayonni to'liq ravishda amalga oshiradigan O'zbekistondagi yagona kompaniyadir. Tajribali dizaynerlar kompaniyangiz yoki vakolatxonangizning faoliyatiga muvofiq chiroyli dizaynni tanlab beradi.
           Kompaniyamizning afzalligi � texnologiyalar, bajarishning tezligi va muhrni qalbakilashtirishdan himoya qilishning yuqori darajasidir. Alohida xususiyatimiz � individual yondashish va har bir tamg'aning betakrorligidir.
Muhrlar va tamg�alar uchun anjomlar

MUHRLAR VA TAMG'ALAR UCHUN ANJOMLAR (Osnastkalar)

          Bizda muhr, tamg'a, faksimile va ekslibrisni tayyorlashni buyurtirganda Siz yana bizda Avstriyada ishlab chiqarilgan Colop yoki Trodat rusumli anjomlarni olishingiz mumkin. Shuningdek bizda istalgan shakllari, o'lchamlari va ishlab chiqaruvchilari bo'lgan anjomlar va sanalagichlarning to'liq ko'lami mavjud.
           Buyurtma berganda shu to'plam ichida kompaniyangiz qo'l anjomlarini oladi, lekin ofis ishida foydalanish qulayligi uchun Siz Rossiyada ishlab chiqarilgan o'ta mustahkam qo'l anjomlarini yoki Avstriyada ishlab chiqarilgan avtomatik anjomlarni sotib olishingiz mumkin.
           Muhim hujjatlar uchun kompaniyamiz rel'efli metall muhrni, rel'efli muhrlar uchun anjomni va qo'shimcha himoyani ta'minlaydigan tishli yopishtirgichlar to'plamini taklif etadi.
Sanalagichlar

SANALAGICHLAR (Daterlar)

          Sanalagichlar sanani qo'yish uchun mo'ljallangan. Bo'sh maydoni bo'lgan avtomatik sanalagichlar bir vaqtning o'zida ham sanani, ham tamg'a izini qo'yish uchun kerak bo'ladi. Ular aviachipta kassalarida (ruxsat tamg'alari), banklarda (rekvizit tamg'alar) ishlatiladi va hokazo. Izlarining namunalari bu yerda.
           Avtomatik sanalagichlar banklarda to'g'ri xizmat ko'rsatilganda, yostiqcha o'z vaqtida almashtirilib, yillik tasma va boshqa detallar almashtirilganda 25 yil va undan ortiq xizmat qiladi.
           O'zbekiston bozorida eski omborlardan yil xizmat muddati 2009 yilgacha bo'lgan, ya'ni 1996 yilda ishlab chiqarilgan sanalagichlar paydo bo'lgan. Sanalagichning yil xizmat muddati 12 yilga mo'ljallangan, shuning uchun uni sotib olishda yil tasmasi tugaydigan yilni tekshirib ko'ring.
Ko�p rangli muhrlar va tamg�alar

KO'P RANGLI MUHRLAR VA TAMG'ALAR

           Ko'p rangliichiga bo'yoq to'ldirilgan muhrlar O'zbekiston bozorida yaqinda paydo bo'lgan. Butun jahon flesh texnologiyasidan foydalanadi va kompaniyamiz odatdagi polimer muhrlarni tayyorlash bilan birgalikda rangli flesh muhrlarni ham tayyorlaydi.
           Flesh texnologiyasining ajralib turgan xususiyati uning materialidir. Ko'p rangli muhrlar mikrog'ovakli materialdan yasaladi, uning g'ovaklari tamg'a bo'yoqlari bilan to'ldiriladi.
           Flesh tamg'ani tayyorlash ikki daqiqa vaqtni oladi, bajarilishi sifati esa muhrni polimerdan tayyorlash texnologiyasiga qaraganda bir necha baravar yaxshiroqdir. O'zbekistondagi chet el kompaniyalari va vakolatxonalar faqat shunday muhrlarni afzal ko'radilar.

NARXLAR

          Avstriya polimeridan standart muhrni tayyorlashning narxi: 10000 so'm va undan ortiq. Kafolati 3 yil.
          Xitoy polimeridan: 4000 so'm va undan ortiq. Kafolati 1 oy.
          Logotip, yoki murakkab dizayni va qo'shimcha himoyasi bo'lgan tamg'a: 10000 so'm va undan ortiq.

ALOQALAR

          Markaziy ofisimiz of. 25, manzilimiz: Toshkent shahri, Nukus ko'chasi, 89.
          Ish vaqti: dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha.
          Ishdan tashqari vaqtda tamg'alarni tayyorlashga buyurtma berish uchun uyali telefon: 187-88-67

YO'L CHIZMASI

Nykus ko'chasiNukus ko'chasiGlinka ko'chasi

TAMG'ANING SIFATI VA UZOQ ISHLASHI

TAYYORLASH UCHUN ISHLATIADIGAN
POLIMER
TAYYORLASH
SIFATI
MUHRNING UZOQ ISHLASHI /
YASHASH MUDDATI
TAYYORLASH
QIYMATI
Xitoy polimeri (Odatdagi)
  10000 ta iz / 1 yilgacha 4000 so'm va undan ortiq
Rossiya polimeri
  150000 ta iz / 3 yilgacha 4800 so'm va undan ortiq
Yaponiya fleksofoti (qattiq, erituvchi asosida)
  10000 ta iz / 6 oygacha 4500 so'm va undan ortiq
Avstriya polimeri (avtomatik anjomlar bilan qo'llana oladi)
  500000 ta iz / 10 yilgacha 5000 so'm va undan ortiq
Italiya polimeri (avtomatik anjomlar bilan qo'llana oladi)
  500000 ta iz / 8 yilgacha 7000 so'm va undan ortiq
Copyright 2008-2018 © STEMP TRUST. All rights reserved.
Хостинг от uCoz